O‘zbekistonda yana 23 nafar bemor koronavirusni yengdi

O‘zbekistonda yana 23 nafar bemor koronavirusni yengdi

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.

❗️Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. 

❗️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi.

❗️Toshkent shahrida shu paytga qadar 955 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 976 nafarga yetdi.

❗️Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo‘lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 12 nafarga yetdi.

‼️Shunday qilib, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2659 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!