O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar salkam 14 000 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar salkam 14 000 nafarga yetdi

2020 yil 14 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13993 (+121) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining barcha 121 nafari Toshkent shahrida (shundan 86 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 35 nafari aholi orasida) aniqlangan.
 
Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 8074 (+44) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (57 foiz) sog‘aydi. 
 
Hozirda mamlakatimizda 5854 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!