O‘zbekistonda har yili 100 million tonna qum osmonga ko‘tarilmoqda

O‘zbekistonda har yili 100 million tonna qum osmonga ko‘tarilmoqda
Poytaxtimizdagi Xalqaro savdo markazida yangi tuzilgan O‘zbekiston ekologik partiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
Yig‘ilishda 5 kishilik ishchi organga ovoz berildi va ular o‘z joyini egallab, partiya ishini boshladi. Anjumanda O‘zbekistondagi ekologik vaziyat tahlil etildi. 
 
Ekologik partiya vakili Boriy Alixonovning ma’lumotlariga ko‘ra, Orol hududi 15 martaga, sathi 29 metrga qisqargan va 5,5 million gektar cho‘l paydo bo‘lgan. Buning oqibatida har yili 100 million tonna qum uchib osmonga ko‘tarilmoqda. Joriy yil 22 mayda tuzli yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan. Oroldan ilgari 30-35 ming tonna biliq ovlangan, hozir esa 1 kilogramm ham baliq ovlashning iloji yo‘q.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!