O‘zbekistonda avtomashina oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi

O‘zbekistonda avtomashina oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi

Avtomashina oynalarini o‘rnatilgan tartibga rioya qilmasdan qoraytirganlik uchun endi haydovchilar 5 mln. so‘mdan ko‘proq jarimaga tortiladi.

Oynalarni ruxsatsiz qoraytirganlik uchun yangi qoidalarga ko‘ra belgilangan jarima miqdori oldingisiga qaraganda 25 baravarga qimmatladi.

Endi, noqonuniy oyna qoraytirganlik uchun ilk marotaba 25 ta EKIH (5 068 250 so‘m), bu holat takrorlanganda esa 40 ta EKIH miqdorida , ya’ni  8 109 200 so‘m jarima to‘lashlari belgilandi.

Oldin esa birinchi marta qoidabuzganlarga 202 730 so‘m, takroran ikkinchi marta bu qoidabuzarlik uchun 405 460 so‘m jarima to‘lash belgilangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!