O‘zbekistonda 2022 yilda svet va gaz narxi oshishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2022 yilda svet va gaz narxi oshishi kutilmoqda

2022 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi, issiq suv va issiqlik, sovuq suv va kanalizasiya tariflari oshishi kutilmoqda. Bu Hisob palatasining 2022 yil uchun davlat byudjeti yuzasidan bergan xulosalarida keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, 2020-2021 yillarda iste’mol narxlari indeksini hisoblash bazasida energiya resurslari, jumladan elektr energiyasi va tabiiy gazni ichki iste’molchilarga sotish narxi deyarli o‘zgarmagan.
Byudjetnomaga muvofiq mazkur resurslar narxlari 2022 yilda indeksasiya qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Hisob palatasining hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu tovar va xizmatlar narxining oshishi, ularning iste’mol narxlari indeksini hisoblashdagi vaznidan kelib chiqib, umumiy indeks miqdorining 1,52 foiz darajaga oshishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!