O‘zbekiston va Saudiya o‘yini vaqtida ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi

O‘zbekiston va Saudiya o‘yini vaqtida ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi

Ertaga, 19 iyun kuni O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida U-23 Osiyo kubogining final bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, cheklov soat 12.00 dan soat 24.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarida amalda bo‘ladi:

O‘zbekiston va Saudiya o‘yini vaqtida ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi

— Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

"Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz",- deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ertaga bo‘ladigan finalga fuqarolar qanday shartlar bilan kiritilishi aytilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni U-23 jamoalari o‘rtasidagi final bahsida ham stadion oldiga monitor o‘rnatilishini ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!