O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari iqtisodiy masalalarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari iqtisodiy masalalarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Rossiya Mudofaa vazirliklari iqtisodiy masalalarni muhokama qilishdi. Bu haqda "Sputnik O‘zbekiston" nashri xabar berdi. Vazirliklarning moliyaviy-iqtisodiy bloki vakillari armiyani ta’minlash uchun byudjetni shakllantirish va ijro etish, shuningdek, harbiylar uchun pensiya masalalarini ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Tomonlar, shuningdek, harbiy xarajatlarni rejalashtirish va ta’minlash masalalarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va tajriba almashish haqida so‘z yuritdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!