BMTda davlatlar Rossiyani saylamadi

BMTda davlatlar Rossiyani saylamadi

Rossiya BMTning asosiy organlaridan biriga saylanmadi.

Rossiya Federasiyasi BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga (EKOSOS), tashkilotning oltita asosiy organidan biriga, a’zo bo‘lmadi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba X tarmog‘ida aytib o‘tdi.

«Bugun ovoz berishning 26-bosqichi yakunlandi, unda Rossiya BMTning oltita asosiy organidan biri bo‘lgan EKOSOSga saylana olmadi... », dedi u.

EKOSOS BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalarining iqtisodiy, ijtimoiy sohalaridagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi. Uning tarkibiga 54 ta davlat vakillari kiradi, sayyoramizning har bir mintaqasiga ma’lum miqdordagi joylar biriktirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!