“O‘zbekiston Temir yo‘llari” muhandisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

“O‘zbekiston Temir yo‘llari” muhandisi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ Termiz qo‘riqlash otryadi muhandisi S.D., fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni qo‘riqlash otryadiga ishga kiritib qo‘yish evaziga olgan 2 300 AQSh dollaridan 1 300 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIVning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro YU.ni 4 500 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga jo‘natishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollari va 10,9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.N. fuqaro A.ni 2 000 AQSh dollari evaziga Latviya davlatiga ishga yuborishga ishontirib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek, tekshiruvda M.N. boshqa bir fuqaro A.A.ni ham Serbiya davlatiga ishga yuborish evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!