O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinasiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi

O‘zbekiston Rossiyaga COVID-vaksinasiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni yuboradi

O‘zbekiston noyabr o‘rtalarigacha Rossiya bilan COVID-vaksinasiya sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi hujjatni tayyorlaydi. Bu haqda SES xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

«Keyinchalik, sertifikatlarni o‘zaro tan olish masalasini ko‘rib chiqish uchun [hujjatni] Rossiya tomoniga yuborish taklif qilinmoqda», — dedi Bahodir Yusupaliyev ikki davlat o‘rtasida emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish muddatlari haqidagi savolga javob berar ekan.

Hujjat standart bo‘lib, u ham RF va MDHning boshqa davlatlari, ham uzoq xorij mamlakatlarining emlash sertifikatlarini tan olish uchun tayyorlangan.

«Undan keyini esa ushbu davlatlar, xususan, Rossiya Federasiyasi sertifikatlarni tan olish taklifiga qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liq», — deya qo‘shimcha qildi Bahodir Yusupaliyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!