Urgut tumanida otasi rahbarligidagi fermer xo‘jaligi yerini firibgarlik yo‘li bilan sotmoqchi bo‘lgan o‘g‘il ushlandi

Urgut tumanida otasi rahbarligidagi  fermer xo‘jaligi yerini firibgarlik yo‘li bilan sotmoqchi bo‘lgan o‘g‘il ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.E. otasi rahbarligidagi “O.S.” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,2 gektar yer maydonini fuqaro U.S.ning ishonchiga kirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 14 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!