Urganchda odamlarni do‘pposlash bilan shug‘ullangan bezorilar guruhi ushlandi

Urganchda odamlarni do‘pposlash bilan shug‘ullangan bezorilar guruhi ushlandi

Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘zga shaxslarni urish, do‘pposlash kabi jinoyatlarni sodir qilib kelgan bezorilar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, dastlabki tezkor surishtiruvlar natijasida ushbu guruhga Urganch shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.X. boshchilik qilgani aniqlangan.

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida S.X. bilan birgalikda Urganch shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan B.E. va Urganch tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O.M. ham gumonlanuvchi tariqasida jalb etilib, prosessual tartibda ushlangan.

Gumonlanuvchilarga tegishli avtomashinalardan urish va tan jarohati yetkazishda foydalaniladigan pichoq, temir bita ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Qayd etilishicha, tergov harakati davomida ushbu shaxslar tomonidan ilgari sodir qilingan jinoyatlarni va ularning boshqa jinoiy sheriklarini aniqlashga ham e’tibor qaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!