O‘h-ho‘! O‘z-o‘zini izolyasiya qilish davrida odamlar 200 milliard soatlarini mobil ilovalarga sarflashdi

O‘h-ho‘! O‘z-o‘zini izolyasiya qilish davrida odamlar 200 milliard soatlarini mobil ilovalarga sarflashdi

App Annie kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, 2020 yilning ikkinchi choragida odamlar vaqtlarining 40 foizdan ko‘prog‘ini mobil ilovalarga sarflashgan. Mutaxassislar buni ko‘p mamlakatlarda koronavirusning tarqalishi sabab o‘z-o‘zini izolyasiya qilish rejimining joriy etilishi bilan bog‘lashmoqda.

Qayd etilishicha, o‘rtacha hisobda har oyda turli mamlakatlar aholisi 200 milliard soat vaqtlarini o‘z smartfonlariga “bag‘ishlashgan”.

Tadiqot natijalariga ko‘ra, Hindiston aholisining smartfonlarga bo‘lgan e’tibori 35 foizga, Italiya va Ispaniyada 30 foizga, Indoneziyada 25 foizga, Braziliyada 20 foizga, AQShda esa 15 foizga oshgan.

Joriy yilning ikkinchi choragida butun dunyo bo‘ylab 34,5 milliard marotaba turli ilovalar yuklab olingan, mobil do‘konlardagi xarajatlar esa 27 milliard dollarga yetgan.

Bu vaqt ichida yuklab olishlar soni bo‘yicha dunyodagi eng mashhur ilovalar - TikTok, Zoom, Facebook, WhatsApp hamda Instagram bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!