UFC 303. Asosiy karddagi yagona ayollar jangida qon to‘kildi

UFC 303. Asosiy karddagi yagona ayollar jangida qon to‘kildi

Las-Vegasda (AQSh) UFC 303 turniri davom etmoqda.

Turnir asosiy kardidan o‘rin olgan ikkinchi jang ham yakunlandi.

Unda ayollar o‘rtasida eng yengil vazn toifasi reytingida uchinchi o‘rindagi braziliyalik Mayra Bueno Silva hamda yettinchi o‘rinni egallab turgan AQSh vakilasi Meysi Chiasson jang qildi.

Bellashuv ikkinchi raundda muddatidan oldin to‘xtatildi. Silvaning qoshi yorilgani va undan ko‘p miqdorda qon oqqani sababli shifokorlar Mayraga jangni davom ettirishi uchun ruxsat bermadi. Shu tariqa, jangda Meysi Chiasson texnik nokaut orqali g‘alaba qozondi, deb topildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!