Uchtepa tuman hokimligi murojaatlar bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazishda peshqadamlik qilmoqda

Uchtepa tuman hokimligi murojaatlar bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazishda peshqadamlik qilmoqda

Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimi tomonidan navbatdagi qabulda 38 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Navbatdagi qabul Toshkent qurilish komunal kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida 38 ta murojaat bo‘ldi va ularning barchasi ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar uy-joy, tibbiy xizmat, moddiy yordam va shu kabi boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan.

Unga ko‘ra, nogironligi bor, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning 15 ga yaqin masalalari joyida hal etildi. Shuningdek, muddat talab qiluvchi qolgan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Uchtepa tuman hokimligi matbuot xizmati bu haqda «7news.uz»ga ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!