Toshkent viloyatida yuk mashinasi "most"ga borib urildi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi "most"ga borib urildi

Toshkent viloyatida yuk avtomobili ishtirokida sodir bo‘gan yo‘l transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi.

Bugun, 7 may kuni soat taxminan 02:00larda Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan "FAW" rusumli yuk avtomashinasi M-39 "Toshkent-Termiz" avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan 829 km da Chinoz-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, ushbu yo‘lni ustidan o‘tgan ko‘prik ustiniga borib urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi texnik shikastlangan.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!