Ertaga Toshkentda harbiy parad bo‘lib o‘tadi

Ertaga Toshkentda harbiy parad bo‘lib o‘tadi

"Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuyg‘ularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 may kuni Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi", - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Harbiy bo‘linmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari 8 may kuni soat 14:00 da “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlanib Furqat ko‘chasida tugaydi.

To‘xtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining chiqishlari va harbiy orkestr ijrolari bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!