Turkiyada o‘nlab qochqinlar ko‘lda cho‘kib ketishdi

Turkiyada o‘nlab qochqinlar ko‘lda cho‘kib ketishdi

Turkiyalik qutqaruvchilar mamlakat sharqidagi Van ko‘lidan  qochqinlarning oltita jasadini olib chiqishdi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soil ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotlar va qayiqlar ishtirokidagi qidiruv-qutqaruv operasiyasi Van ko‘li bo‘ylab noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiqning yo‘qolganligi to‘g‘risida ma’lumot olganidan beri davom etmoqda.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘ron sabab halokatga uchragan qayiqda 55 dan 60 tagacha muhojir bo‘lgan.

Fojia munosabati bilan polisiya noqonuniy tashuvchilik bilan shug‘ullanuvchi 11 kishini hibsga olgan.

Taxminlarga ko‘ra, qochoqlar Pokiston, Afg‘oniston va Erondan kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!