Turkiya Italiyadagi 2 yoshli bolani qutqarish uchun havo yo‘llarini ochdi

Turkiya Italiyadagi 2 yoshli bolani qutqarish uchun havo yo‘llarini ochdi

Turkiya Italiyada stvol hujayralarini almashtirishga muhtoj bo‘lgan ikki yoshli bolani qutqarish uchun havo yo‘llarini ochdi, deb xabar bermoqda Anadolu 

Avvalroq Anqara koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash doirasida Italiyaga reyslarni to‘xtatib qo‘ygan edi, ammo bolakayga yordam berish uchun uni ochishga qaror qildi. 14 mart kuni Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Milliy transplantasiya markazining direktori Massimo Kardillo Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ikki yoshli bolaga stvol hujayralarini yetkazib berishda yordam so‘rab elektron pochta orqali xabar yubordi. Bolakayga mos keladigan hujayralar faqatgina Turkiyadagi donordan topilgan.

Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hujayralarni Italiyaga Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida berishga qaror qildi. Sovid-19 epidemiyasi bilan bog‘liq barcha choralar ko‘rilgan. Hujayralar aeroportning maxsus ajratilgan hududida Italiya tomoniga topshirilgan.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!