Turkiy davlatlar tashkiloti delegasiyasi vakillari Samarqand shahridagi Imom Moturudiy maqbarasini ziyorat qildi

Turkiy davlatlar tashkiloti delegasiyasi vakillari Samarqand shahridagi Imom Moturudiy maqbarasini ziyorat qildi

Yurtimizga tashrif buyurgan Turkiy davlatlar tashkiloti delegasiyasi vakillari Samarqand shahridagi islom olami namoyondasi Imom Moturudiy maqbarasini ziyorat qilishdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti delegasiyasi vakillari Samarqand shahridagi Imom Moturudiy maqbarasini ziyorat qildiTurkiy davlatlar tashkiloti delegasiyasi vakillari Samarqand shahridagi Imom Moturudiy maqbarasini ziyorat qildi

Kalom ilmida moturidiya oqimining asoschisi, Islom olamida Imom-ul-Hudo (Hidoyat imomi) deb tanilgan buuk ilohiyot olimi, faqih, shayx Muhammad ibn Mahmud al-Xanafiy al-Moturidiy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma’naviy-ruhiy hayotidagi o‘rni beqiyosdir.

IX-X asrlarda Islom dinini noto‘g‘ri targ‘ib va talqin qiluvchilar ko‘payganligi sababli Imom al-Moturidiy o‘zining asarlari bilan ularga qarshi kurashadi. Uning "Kitob al-Tavhid" asari alohida o‘rin tutadi. Imom al-Moturidiy 944 yilda Samarqandda vafot etadi va shahardagi Chokardiza qabristoniga dafn etiladi.

2000 yilda allomaning 1130 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi, imom qabri ustida yangi maqbara barpo etilgan.

Turkiy davlatlar tashkiloti delegasiyasi vakillari Imom al-Moturidiy shaxsi haqida kengroq ma’lumot olishdi va shaxs siymosi haqida iliq fikrlar bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!