Tun kulgisi!.. (18-qism)

Tun kulgisi!.. (18-qism)
Sovetlar delegasiyasi Amerikada.
— Bu kimning zavodi?
— Fordniki.
— Anavi yerda turgan mashinalar kimniki?
— Ishchilarniki.
Amerika delegasiyasi sovetlar tomonda.
— Bu kimning zavodi?
— Ishchilarniki.
— Anavi yerda turgan mashinalar kimniki?

— Zavod direktoriniki.

 

***

Telefon jiringladi. Go‘shakni Brejnev ko‘tardi va dedi:

— Hurmatli Leonid Ilich eshitadi!

 

***         

— Kecha sizni qorong‘ida bezorilar tunab ketishibdi deb eshitdim. Shu rostmi?
— Ha, yaramaslar qo‘l soatim bilan katmonimni olib qo‘yishdi.
— Yoningizda to‘pponcha olib yurardingiz shekilli?

— Ha, xayriyat to‘pponcham borligini bilishmadi.

 

***

O‘g‘il otasiga dedi:
— Dada, menga pulemyot olib bering!
— Bor, boshimni qotirmay darsingni qil!
— Olib bera qoling!
— Vey, nega quloqsizsan-a? Bu uyda kim xo‘jayin o‘zi?
O‘g‘il xafaqonohangda javob qildi:

— Siz!.. Lekin pulemyot olib berganingizda...

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!