Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish qanchaga tushadi?

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish qanchaga tushadi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda FHDYo idoralari xodimlari tomonidan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni rasmiylashtirishda ortiqcha mablag‘ undirilayotgani to‘g‘risida izohlar ko‘paydi.

Davlat xizmatlari agentligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirib, FHDYoda qancha to‘lov qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi:

1) tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lim haqidagi yozuvlar o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun – 

bazaviy hisoblash miqdorining 10% miqdorida (22 ming 300 so‘m) davlat boji undiriladi.

2) FHDYo bo‘limi tomonidan yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma bundan mustasno) gerb yig‘imining miqdori – 

bazaviy hisoblash miqdorining 15% (33 ming 450 so‘m) etib belgilangan.

3) shuningdek, FHDYo organlari quyidagi ixtiyoriy pulli xizmat uchun haq undirishi mumkin:

a) fuqarolik holatlari dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berish va ularga tegishli o‘zgartirish kiritish uchun – 

bazaviy hisoblash miqdorining 10% miqdorida (22 ming 300 so‘m);

b) arizalarni to‘ldirishda yordam berganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 2% miqdorida (4 ming 460 so‘m);

c) sayyor tartibda nikohni tantanali qayd etish (transport xarajatlaridan tashqari) uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 100% miqdorida (223 ming so‘m) ixtiyoriy pullik xizmat undirilishi mumkin.

Shunda masalan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish maksimum 82 ming 510 so‘mga aylanadi.

Agar Siz FHDYo idoralarida belgilangan to‘lovlardan ortiqcha mablag‘ talab qilinishi holatlariga duch kelsangiz, Davlat xizmatlari agentligining 1148 telefoni orqali darhol xabar bering.

Xushnudbek Xudoyberdiyev,


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!