Tramp qasos olishga tayyorlanmoqda — manba

Tramp qasos olishga tayyorlanmoqda — manba

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Senatda impichment jarayoni tugagandan so‘ng siyosiy faoliyatga qaytmoqchi. Bu haqda Politico sobiq davlat rahbariga yaqin manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, impichment bilan bog‘liq vaziyat hozirda Tramp foydasiga rivojlanmoqda. Vashingtondagi Kongress binosi tashqarisidagi 6 yanvar voqealariga qaramay, aksariyat respublikachilar uni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqdalar.

Shuningdek, manbalar impichment jarayoni respublikachilar partiyasi a’zolaridan qaysi biri Tramp nomzodiga rozi emasligini ko‘rsatganiga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, jarayon tugagandan so‘ng Tramp o‘zining siyosiy faoliyatini davom ettirmoqchi va undan yuz o‘girgan respublikachilardan "qasos olmoqchi". Biroq siyosatchi qanday choralar ko‘rishi mumkinligi haqida hali aniq ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Tramp AQSh Senatidagi advokatlari faoliyatidan norozi ekanligi xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!