Tramp Putindan “AQShdagi saylovlarga aralashmaslikni”ni so‘radi. Putin “rozi”

Tramp Putindan “AQShdagi saylovlarga aralashmaslikni”ni so‘radi. Putin “rozi”

Avvalroq, Yaponiyadagi sammitda AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergandik. 

RIA “Novosti”ning yozishicha, uchrashuv avvalida jurnalistlar AQSh lideridan Putinga AQShdagi saylovlarga aralashmaslikni so‘rashini aytishgan. 

Tramp jurnalistlarning talabini bajargan, Putin ham jilmaygancha saylovlarga ta’sir qilmasligini aytgan. Har ikki prezident ham bu hazilni xushnudlik bilan qarshi olgan. 

Ikki tomon shuningdek, Ukraina, Suriya, Venesueladagi vaziyatni ham muhokama etishgan. 

Oq Uy ham uchrashuv yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, har ikkala lider munosabatlar iliqlashuvini istashadi va bunga rozilar. Ammo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ko‘ra, biron bir konkret shartnomaga kelishilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!