Toshkentda yoshi katta erkak yosh bolani urayotgani aks etgan video bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkentda yoshi katta erkak yosh bolani urayotgani aks etgan video bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkentda yoshi katta erkak bolaning yuz qismiga urayotgan holati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Bolalar ombudsmani mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 30 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi nafaqadagi M.A. 2020 yilda tug‘ilgan nabirasi A.A. (o‘g‘il bola) bilan sayr qilish uchun ko‘chaga chiqqan vaqtida nabirasi yugurib uzoqqa ketib qolgan. Bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.

So‘ng uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!