Toshkentda qurilayotgan metro liniyalari uchun qancha pul sarflanishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda qurilayotgan metro liniyalari uchun qancha pul sarflanishi ma’lum bo‘ldi

2019 yilda Toshkent shahrida qurilayotgan Yunusobod, Sergeli va yer usti metro liniyalarini qurish uchun 73,4 mln dollar ajratiladi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish 2019 yilgi Investisiya dasturiga kiritilgan.

Kelgusi yilda Yunusobod metro liniyasining ikkinchi bosqichini qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘zRTTJ) tomonidan 14,5 mln dollar ajratiladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 103,8 mln dollarga baholanmoqda.
Yunusobod metro liniyasining ishga tushirilishi 2019 yil oxiriga rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zRTTJ Sergeli metro liniyasini qurish uchun 2019 yilda 2,9 mln dollar ajratadi. Loyihaning umumiy qiymati esa 91,6 mln dollarga teng bo‘lib, 2020 yilda yakunlanishi mo‘ljallanmoqda.

Er usti halqa metro liniyasi loyihasi eng qimmat loyiha bo‘lib, uning umumiy miqdori 422,3 mln dollarni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish uchun 2019 yilda O‘zRTTJ tomonidan 56 mln dollar ajratiladi. Shuningdek, Xitoyning Eksimbank banki tomonidan 10 mln dollar miqdorida kreditlar ajratilishi kutilmoqda.

Ushbu loyiha 2021 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda, deyiladi Turon24 tarqatgan xabarda.

Everyday.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!