Toshkentda jamoat transportidan foydalanadiganlar uchun yangilik!

Toshkentda jamoat transportidan foydalanadiganlar uchun yangilik!

Toshkentda jamoat transportidan foydalanadiganlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar berdi.

"Hurmatli yo‘lovchilar! Siz endilikda o‘z manzilingizga yetib borish uchun foydalanadigan avtobus yo‘nalishingizni oldindan kuzatish uchun, yana bir yangi mobil ilovadan foydalanishingiz mumkin. 

"Mening yo'nalishim" mobil ilovasiga Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari kiritilgan bo‘lib, siz o‘z avtobusingizni oldindan ko‘rish va bekatga yetib kelish vaqtini onlayn tarzda kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz.

"Mening yo'nalishim" loyihasi - bu avtobuslarning bekatlarga kelish vaqtlari to‘g‘risida onlayn ma’lumot berish orqali jamoat transporti yo‘lovchilarining vaqtini tejashga qaratilgan ijtimoiy loyiha hisoblanadi.

Bundan tashqari, ilovada kuzatiladigan xato va kamchiliklar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalaringizni mobil ilovaning o‘zida "fikr bildirish" bandi orqali yo‘llab, jamoat transporti faoliyatini takomillashtirish uchun o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin. 

Shuningdek, boshqa mobil ilovalarda ham tez orada yo‘nalishni onlayn kuzatish bo‘yicha ma’lumotlarni almashish yo‘lga qo‘yilishini eslatib o‘tamiz.

"Mening yo'nalishim" mobil ilovasini "PlayMarket" hamda "Appstore" portallaridan yuklab olishingiz mumkin", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!