Naqd xorijiy valyuta yashirincha olib chiqilishi to‘xtatib qolindi

Naqd xorijiy valyuta yashirincha olib chiqilishi to‘xtatib qolindi

“Farxod” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor vakili hamda Toshkent viloyati Bekobod shahar DXX xodimlari va DXX 9226- sonli Harbiy qism chegara qo‘shinlar bilan hamkorligida naqd xorijiy valyuta yashirincha olib chiqilishi to‘xtatib qolindi.

Qo‘shni davlatga o‘tish uchun “Farxod” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida oziq-ovqat mahsulotlar orasida va sumka ichiga og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va deklarasiyalanmagan jami 1 048 500 Rossiya rubli hamda 10 000 AKSh dollari naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqishga urinishni fosh qilindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz: amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqishlariga ruxsat etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!