Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlangan otlar paradi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlangan otlar paradi bo‘lib o‘tadi

Bugun, 4 may kuni poytaxtdagi Amir Temur xiyobonida «9 may Xotira va qadrlash» kuniga bag‘ishlangan otlar paradi o‘tkaziladi.

«Jasorat — millat g‘ururi va iftixori» shiori ostida o‘tkaziladigan paradda Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining otliq kavaleriya bo‘linmalari ishtirok etadi.

Gvardiya xabariga ko‘ra, poytaxt aholisi va mehmonlari ushbu paradni tomosha qilish uchun soat 17:00 da belgilangan manzilga borishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!