Germaniya rasmiylari 1,5 milliard yevroga teng bo‘lgan Rossiyaning Rayffayzenbank bitimini o‘rganmoqda

Germaniya rasmiylari 1,5 milliard yevroga teng bo‘lgan Rossiyaning Rayffayzenbank bitimini o‘rganmoqda

Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) guruhi Venaning Strabag qurilish kompaniyasining ulushini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu ulush avval Oleg Deripaskaga tegishli edi. Ular aktivlarning bir qismini Rossiya Federasiyasidan olib chiqish uchun Rayffayzenbank (RBIning Rossiya bo‘limi) orqali tranzaksiyani amalga oshirmoqchi. Xarid miqdori taxminan 1,5 milliard yevroni tashkil qilishi mumkin. Avvalroq Reuters xabar qilganidek, AQSh rasmiylari kelishuv sanksiyalangan Deripaskaga foyda keltirishidan qo‘rqishadi, chunki aslida u ulush ustidan nazoratni saqlab qolishi mumkin edi.

Endi Berlinda xavotir bildirildi, deb yozadi Handelsblatt gazetasi. Strabagning Germaniyada sho‘’ba korxonalari bor, shuning uchun nemis rasmiylari hozirda investisiya auditini o‘tkazmoqda va kelishuv sanksiyalar rejimini buzadimi yoki yo‘qmi, aniqlamoqda. RBIning ta’kidlashicha, ular o‘zlari ham shartnoma shartlarini o‘rganmoqdalar va uni rad etishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!