Toshkentda bir vaqtning o‘zida 6ta uy yonib ketdi

Toshkentda bir vaqtning o‘zida 6ta uy yonib ketdi

Bugun, 18 mart kuni Toshkentda bir yo‘la oltita xonadon yonib ketdi. Bu haqda Bu haqda Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Xalq so‘zi ga ma’lum qildi.

Unda qayd qilinishicha, soat 11:25da Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Yong‘inni o‘chirish kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Shayxontohur tumani Oqlon mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida 8 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar soat 11.29 da voqea joyiga yetib kelgan. Yong‘in soat 12:05 da qurshab olingan va soat 12:34 da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chalarida joylashgan 4 ta va shu xonadonlarga tutash qurilgan Fuzuliy ko‘chasidagi 2 ta xonadonlarda jami 380 kv.metr maydonda tom qismlari va ichki jihozlari yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning jami 500 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqishi taxminiy sababi sifatida Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasidagi 14-xonadonning oshxonasida yog‘ni qozonda dog‘lash uchun gaz plitasiga qo‘yib, nazoratsiz qoldirilishi ko‘rsatilmoqda.

Yong‘in natijasida kelib chiqqan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!