Toshkentda beshinchi qavatdan tushib ketgan bolaning hozirgi ahvoli qanday?

Toshkentda beshinchi qavatdan tushib ketgan bolaning hozirgi ahvoli qanday?

Joriy yil 14 yanvar kuni soat 16:00 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan videoxabar yuzasidan avval ma’lumot berilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylangan ushbu jarayonda bola uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib ushlab qolingan.

Bugun Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar majmuasida malakali shifokorlar tomonidan beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani takroriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bola og‘ir jarohat olmaganligi va ahvoli yaxshi ekani yana bir bor tasdiqlandi.

– Ushbu kutilmagan holatdan hali ham shokdaman, – deydi bolaning onasi . – Farzandim shamollagani uchun bir muddatga uyda qoldirib, boshqa bolamni maktabdan olib kelish uchun chiqqandim. Shu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bo‘lib turibdi. Qo‘shni va shifokorlardan bolamning hayotini asrab qolishdagi beminnat yordamlari uchun juda ham minnatdorman.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea yuzasidan 14 yanvar kuni soat 16:18 da chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi 7 daqiqada yetib borgan. Birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilib, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan hamda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!