Toshkentda 6 kishi is gazidan zaharlandi

Toshkentda 6 kishi is gazidan zaharlandi

Toshkent tumanida joriy yilning 7 noyabr kuni “Oydinhayot” MFYda yashovchi K.I. (ismli ayol)ning uyi yerto‘lasiga o‘rnatilgan “Nefit” rusumli isitish pechi mo‘risidan sizib chiqqan is gazidan o‘zi va birga yashovchi qizi, 2 nafar nabirasi va mehmonda bo‘lgan qarindoshi zaharlanib kasalxonaga yotqizilganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida 2018 yil 7 noyabr kunida “Sebzor” MFYda yashovchi H.M. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib nazoratsiz qoldirishi sabab o‘zi va birga yashovchi turmush o‘rtog‘i M.M.lar ko‘mir isidan zaharlanib kasalxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari  olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!