Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokorini hibsga olinishi bo‘yicha IIBB qisqacha ma’lumot berdi

Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokorini hibsga olinishi bo‘yicha IIBB qisqacha ma’lumot berdi

Chirchiq shahrida joylashgan Toshkent viloyati yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning  8 sentyabr kuni hibsga olingani haqida xabar bergan edik. 

IIBB Guljahon Yo‘ldoshevani tergov uchun olib ketilganligi to‘g‘risida keng tarqalayotgan xabarlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berdi. 

Unda mazkur holat Prokuratura ish yurituvida bo‘lib, jarayonning borishi, ayblov turi yoki boshqa holatlarga oydinlik kiritish uchun Ichki ishlar organlari xodimlariga  emas, balki  bu haqdagi ma’lumotlarni olish uchun  Toshkent viloyati Prokuraturasi va Bosh Prokuratura qoshidagi Axborot xizmatlariga murojaat qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!