Toshkent shahrining yangi gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Toshkent shahrining yangi gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi

Joriy yilning 25 avgustiga qadar Toshkent shahri ramzi — gerbini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida aytildi. Tadbirdan “Xalq so‘zi” muxbiri Dilshod Ulug‘murodov onlayn xabar qilmoqda.

Tanlov badiiy vositalar yordamida toshkentliklarda g‘urur, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularni uyg‘otuvchi ramzni yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 10 million so‘m va homiylarning qimmatbaho sovg‘alaridan tashkil topgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, bitta g‘olib, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin sovrindorlari aniqlanadi va ular munosib rag‘batlantiriladi

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!