Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 168 ta fuqaro qabul qilindi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 168 ta fuqaro qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi topshirig‘i asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosarlari I.Muslimov va B.Isakov tomonidan 2020 yil 25 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabulda jami 168 ta fuqarolar qabul qilindi.

Qabul qilingan fuqarolarning 82 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 65 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 17 tasi ma’muriy ishlar buyicha, 4 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi.

Shundan 74 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 63 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 168 ta murojaatlardan 74 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 31 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi.

63 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan nazorat tartibida xal qilish uchun qabul qilindi.

31 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:

- jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan 3 ta, Yunusobod tuman sudi tomonidan 1 ta, Yashnobod tuman sudi tomonidan 11 ta, Sirg‘ali tuman sudi tomonidan 2 ta, Chilonzor tuman sudi tomonidan 2 ta, Mirobod tuman sudi tomonidan 2 ta, Olmazor tuman sudi tomonidan 10 ta, jami 31 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi;

Mazkur ko‘rilgan ishlar sudlar tomonidan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

Qabulda muammolari hal bo‘lgan 31 nafar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdilar.

Oliysud Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!