Toshkent shahri va viloyatida 189 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida 189 kishida  koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 12 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 654 (+189) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 162 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, ya’ni Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.M. (erkak) vafot etdi.

❗️E’tiborli jihati, bugun yurtimizda 1 569 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 25 659 nafarga (78 foiz) yetdi.

‼️Hozirda mamlakatimizda 6 784 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!