Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abituriyent bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan

Test-2018: 9 avgust kuni 67 nafar abituriyent bino ichida shpargalkadan foydalanishga yoki kimgadir yordam berishga uringan
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘qqizinchi kunida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 95 ta ta’lim yo‘nalishida 56 ming 642 nafar abituriyent ishtirok etdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qildi. Xabarda qayd etilishicha, 9 avgust kuni turli sabablarga ko‘ra 1381 nafar abituriyent test sinovlariga kelmagan.
 
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 152 nafar abituriyent, shundan 89 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 67 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
 
Test natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytarish boshlandi. So‘nggi materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Buxoro viloyatidan kechasi 24:00da yetib keldi.
 
Etib kelgan test natijalari bo‘yicha darhol kompyuter yordamida qayta ishlash jarayoni boshlandi.
 
Manba: uza.uz
 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!