Ta’ziya! O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist vafot etdi

Ta’ziya!  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist vafot etdi

O‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligining yirik vakili, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov vafot etdi. 

Bu haqda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xabar berdi.

"Sohir ovoz sohibi Rahmatjon Qurbonov o‘z ijodiy faoliyati davomida san’at ixlosmandlari qalbini zabt etishi barobarida, o‘zbek milliy-mumtoz qo‘shiqchilik san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shdi. 

Ayniqsa “Lazgi” ansambliga rahbarlik qilgan yillarda Xorazm mumtoz qo‘shiqlari va raqslari yurtimiz hamda dunyo uzra yanada kengroq tarannum etildi. 

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!