Tarvuz yeb semirish mumkinmi? Diyetolog izohi

Tarvuz yeb semirish mumkinmi? Diyetolog izohi

Diyetolog Yuliya Zinchenko muntazam jismoniy faolliksiz tarvuzni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish natijasida vazn ortish ehtimoli mavjudligi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tarvuzdagi fruktozaning yuqori miqdori bilan bog‘liq.

“Tarvuz ko‘p miqdorda uglevodli meva bo‘lib, unda saxaroza va fruktoza ko‘p. Bu esa qondagi glyukoza miqdorini keskin oshirishi mumkin. Tarvuz dastlab insulinning chiqarilishini, so‘ng ochlik hissini yuzaga keltiradi”, - deya tushuntirdi mutaxassis.

Diyetologning ta’kidlashicha, tarvuz yuqori glikemik indeksga ega, shuning uchun jismoniy faollik bo‘lmasa, uni ko‘p miqdorda iste’mol qilish glyukozaning yog‘ga aylanishiga olib kelishi mumkin. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bundan hosil bo‘lgan yog‘ qorin va sonlarda to‘planadi. Bundan tashqari, Zinchenko kuniga 15 grammdan ortiq fruktoza iste’moli jigarda yog‘ yig‘ilishiga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!