Yozda kamroq terlash uchun 5 ta layfxak

Yozda kamroq terlash uchun 5 ta layfxak

Terlash — organizmning muhim va ajralmas funksiyasi bo‘lib, teri orqali tanadan toksinlar va zararli moddalar ham chiqarib yuboriladi.

Terlash — organizmning muhim va ajralmas funksiyasi bo‘lib, teri orqali tanadan toksinlar va zararli moddalar ham chiqarib yuboriladi. Bu inson organizmining termoregulyasiyasi uchun zarur: issiq havoda uni sovitib, haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi.

Nima uchun ba’zilar boshqalarga qaraganda ko‘proq terlaydi?

Inson tanasida 2 milliondan 4 milliongacha ter bezlari mavjud bo‘lib, ularning aksariyat qismi kaft, oyoq, bosh, qo‘ltiq osti va sonda to‘plangan. Teri bezlari harorat, jismoniy mashqlar va psixologik stressga sezgir bo‘ladi. Ammo barcha insonlarda ishlab chiqariladigan ter miqdori tubdan farq qilishi mumkin. Bunga quyidagi omillar sababchi:

Genetik moyillik

Ko‘p terlash xususiyati irsiyat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olimlar bunga aynan qaysi genlar javob berishini hali aniqlamagan, izlanishlar davom etmoqda.

Vazn

Vazn qanchalik og‘ir bo‘lsa, organizm shunchalik ko‘p issiqlik ishlab chiqaradi.

Issiq iqlimga adaptasiya

Issiq va nam o‘lkalarda yashagan insonlarda teri ishlab chiqarish darajasi sovuq mamlakatlarda yashaydiganga nisbatan kam bo‘ladi. Issiq iqlimda yashashga moslashgan organizm suvsizlikdan aziyat chekmaslik imkonini beradi.

Turli kasalliklar

Endokrin tizimdagi patologiyalar, metabolik kasalliklar, o‘simtalar va ayrim dori-darmonlarni qabul qilganda tanada suv almashinuvi buzilishi mumkin.

Jaziramada qanday qilib kamroq terlash mumkin?

Sifatli antiperspirantdan foydalaning

Terlashga qarshi vositalardan dezodorant yoqimsiz hidni bartaraf etadi, antiperspirant teri miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Ularni toza va quruq badanga qo‘llash kerak. Yaxshisi, antiperspirantni avvalroq, ya’ni ko‘chaga chiqishdan 6-8 soat oldin ishlating, shunda vosita yanada yaxshi samara beradi.

Ovqatlanish tartibiga e’tibor bering

Quyidagi oziq-ovqat mahsulotlari terlashni kuchaytirish xususiyatga ega:

Kofein o‘z ichiga olgan ichimliklar — qahva, ko‘k choy, energetik ichimliklar;

Achchiq taomlar, qora qalampir, chili va xalapenyo;

Issiq ovqat va ichimliklar;

Tarkibida oqsil miqdori ko‘p mahsulotlar;

Spirtli ichimliklar.

To‘g‘ri kiyimni tanlang

Yozda yengil, paxta matosidan tayyorlangan, havo o‘tkazuvchan hamda tor bo‘lmagan kiyimlarga urg‘u berish lozim. Yozda ochiq oyoq kiyimlarni kiyish maqsadga muvofiqdir.

O‘zingizni bo‘sh qo‘yishni o‘rganing

Stress va asabiylashish ham terlashga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bosh terisida ishlab chiqariladigan ter miqdori kortizol (stress) gormoni bilan bevosita bog‘liqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!