Neuralink ikkinchi bemorning miya chipi operasiyasini kechiktirdi

Neuralink ikkinchi bemorning miya chipi operasiyasini kechiktirdi

“Neuralink” 2024-yil iyun oyi oxirida ikkinchi bemorga miya chipini o‘rnatishi kerak edi, biroq bemorning sog‘lig‘i tufayli operasiya to‘xtatildi. Bu haqda “Bloomberg” Barrou nevrologik instituti bosh direktori Maykl Lottonga tayanib yozmoqda.

Bemorning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bor edi, bu esa uni eksperimental qurilmani sinab ko‘rish uchun yaroqsiz nomzodga aylantirdi.

Qayd etilishicha, operasiya ehtimol, 2024-yil iyul oyida amalga oshiriladi. “Neuralink” izoh so‘roviga javob bermadi.

May oyida “Neuralink” AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasidan “Telepatiya” miya implantatini ikkinchi bemorga joylashtirishga ruxsat olgandi.

Biroq, Ilon Maskning kompaniyasi birinchi bemor bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish majburiyatini oldi.

Qayd etilishicha, yangi implant o‘ta yupqa simlarni miyaga yanada chuqurroq joylashtirmoqchi.

Mask 28 yanvar kuni neuralink implantasiyasining inson miyasiga muvaffaqiyatli joylashtirilgani haqida xabar bergandi.

Birinchi ko‘ngilli, 29 yoshli Nolan Arbo, taxminan sakkiz yil oldin baxtsiz hodisa tufayli falaj bo‘lganini va bu uning yelkasidan pastda hech narsani sezmasligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!