Tarixda bugun: Srebrenisadagi musulmonlar qirg‘ini

Tarixda bugun: Srebrenisadagi musulmonlar qirg‘ini

1995 yilning 11 iyulida Serb Respublikasi (Bosniya va Gersegovina tarkibdagi ma’muriy tuzilma) armiyasi Srebrenisani qo‘lga oldi va 8000 dan ziyod musulmonni qirib yubordi. Xunrezlik general Ratko Mladich boshchiligida amalga oshirildi.

Qurbonlardan eng yoshi 16 yoshar Vosid Ibrich, yoshi eng kattasi esa 71 yoshli Sahin Xalilovichdir. Qurbonlar orasida o‘rmonda eri bilan qochayotib qo‘lga tushgan va 6 oylik homilasi bo‘lishiga qaramay o‘ldirilgan Ramziya Dudich ham bor.

Serb harbiylari Srebrenisaga kirgan payt 300 kishi niderlandiyalik tinchlikparvar kuchlardan yordam so‘radi, qolganlar esa o‘rmon orqali bosniyalik askarlar nazorat qilayotgan hududlarga yetib qolishga urindi. Ammo niderlandiyaliklar yordam so‘ragan musulmonlarni serblarga topshirib yubordi. O‘rmon orqali ketayotganlar esa tuzoqqa tushdi: serblar ayollar va bolalarni ajratib olib, erkaklarni ommaviy ravishda qirib tashladi. Ularning birgina aybi musulmon bo‘lganida edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!