Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Senat raisi Tanzila Narbayeva mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Uchrashuvda BMT bilan O‘zbekistonning global hamkorligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi faol ishtirokiga to‘xtalib o‘tildi. Bosh kotib O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtirish yo‘lidagi tashabbusi va sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, tashqi siyosatdagi ochiqlik, xususan, ijtimoiy himoya hamda gender tengligi masalalaridagi islohotlarni yuqori baholadi.

Suhbat davomida, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, munosib mehnat tamoyillari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

BMT tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot dasturlarini joriy etishda parlamentlarning faolligini oshirish borasidagi muhim vazifalar ham ko‘rib chiqildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!