Pokiston Bosh vaziri SHHT sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga keldi

Pokiston Bosh vaziri SHHT sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga keldi

Pokiston Bosh vaziri Shahbozo Sharif Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi.

Bu haqda Kazinform agentligi xabar bermoqda.

Uni poytaxt aeroportida Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov kutib oldi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston va Pokiston tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, transport-logistika va gumanitar hamkorlikni rivojlantirmoqda. IT-sanoati va moliya sektori ham istiqbolli sohalardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!