Ed Shiran Angliya terma jamoasi bazasida konsert qo‘yib berdi

Ed Shiran Angliya terma jamoasi bazasida konsert qo‘yib berdi

Britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran Angliya terma jamoasining Yevro-2024'dagi mashg‘ulotlar bazasida chiqish qildi. Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha britaniyaliklar Slovakiya termasini mag‘lub etib (2:1) Yevropa chempionatining chorak finaliga yo‘l olgandi. Angliya terma jamoasi safida Jud Bellingem va Xarri Keyn gol urishdi. Shveysariya bilan chorak final uchrashuvi 6 iyul, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!