Eng kamida 4 ming Turkiya fuqaroligiga ega yahudiy G‘azoda urushmoqda

Eng kamida 4 ming Turkiya fuqaroligiga ega yahudiy G‘azoda urushmoqda

Turk pasportiga ega 4 ming sionist 7 oktyabrdan keyin G‘azoga borib, Isroil uchun qirg‘in qildi. Ulardan 65 nafari frontda o‘ldirildi, deb yozmoqda Turkiye gazetasi.

Nashr Turkiyada ikki fuqarolikka ega 20 mingga yaqin isroillik yashaydi, Isroilda esa ular soni 250 ming atrofida. Bu odamlar Isroilda harbiy xizmatni ado etishadi.

G‘azo urushi boshlanishi bilan to‘rt ming turk isroillik Falastin anklavidagi Isroil askarlariga yordam berish uchun ketdi.

Qayd etilishicha, turk isroilliklarining katta qismi Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali fitna uyushtirish maqsadida kirib kelgan. Bunda ularga «Chabad», “Do‘stlar uyushmasi”, “Isroildagi Turk xalqlari ittifoqi” kabi tashkilotlar faol yordam berdi.

Gazetaning yozishicha, G‘azoda kamida 65 nafar turk isroillik halok bo‘lgan, yana 110 ga yaqini turli yo‘llar bilan yaralangan. Bundan tashqari, Isroil harbiy rahbariyati Turkiya fuqarolariga muhim vazifalarni yuklashi aytiladi. Masalan, Isroilning “Temir gumbaz” tizimiga mas’ul general Turkiya fuqaroligiga ega bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!