Konor Makgregor Argentinaning Kopa Amerikadagi g‘alabasiga katta pul qo‘ydi

Konor Makgregor Argentinaning Kopa Amerikadagi g‘alabasiga katta pul qo‘ydi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi-2024dagi g‘alabasiga ishonmoqda. Sportchi "Albeseleste"ning turnirdagi g‘alabasiga 350 ming funt sterling garov tikkan.

Irlandiyalik ijtimoiy tarmoqlarda skrinshot bilan bo‘lishdi. Agar Argentina turnirda chempion bo‘lsa, Konor million funtdan ortiq pul yutadi. MakGregor o‘z xatti-harakatiga quyidagicha izoh berdi:

"Jahon chempioni Argentina Mak (jangchi o‘zini shunday deb ataydi) izidan borib, Amerika kubogini boshi uzra ko‘tarib, chempionlar chempioniga aylanishni istaydi. Chempionlarning haqiqiy chempioni siz bilan!

Argentina “A” guruhidagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!