O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.T. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar temir yo‘l yuk hujjatlarini dasturga kiritish operatori S.E. fuqaro H.T.ning ishonchiga kirib, uning farzandini tanishlari yordamida Samarqand temir yo‘l texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!