O‘zbekiston va Yaponiya 3 mlrd iyenalik «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzoladi

O‘zbekiston va Yaponiya 3 mlrd iyenalik «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzoladi

2024 yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Xatori Takashi Yaponiya hukumatining beg‘araz yordami doirasida amalga oshirilayotgan 3 mlrd iyenalik (6,3 mln dollar) «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturi» bo‘yicha almashinuv notalarini imzoladilar.

🟠Hujjatlarga asosan O‘zbekistonga kompyuter tomografiyasi skanerlari va rentgen apparatlari bilan jihozlangan qo‘shimcha 4 ta tibbiy mobil konteyner yetkaziladi. Bu bilan respublika bo‘ylab samarali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yanada yaxshilanadi.

🟠Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, O‘zbekistonda yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga sodiqliklarini bildirdilar.

Kompyuter tomografiyasi skanerlari qator kasalliklarni aniqlashda juda muhim hisoblanadi. Mobil tibbiy konteyner har qanday joyda, shu jumladan favqulodda vaziyatlarda ham xizmat ko‘rsatishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!